Oʻzbekistonlik yosh rejissor Gulnara Ivanova mashhur yozuvchi Stiven Kingning “Dollar Baby” nomli loyihasida gʻolib boʻldi va uning asarini ekranlashtirish huquqini 1 dollarga sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi.

Gulnara Ivanova VGIKning Toshkentdagi filiali talabasi boʻlib, Kingning “Qoʻl siqmagan odam” (1981) hikoyasi asosida “Teginish” nomli qisqametrajli horror filmini suratga olgandi.

Shuningdek, kartina Malayziyadagi kinofestivalning “Eng yaxshi triller” yoʻnalishida gʻolib boʻlgan.

Maʼlumot uchun, Stiven King asarlari asosida “Shoushenkdan qochish” va “Yashil milya” kabi dunyoga mashhur filmlar suratga olingan.