Bu haqda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi maʼlum qildi.
Musobaqa standart, rapid va blitz yoʻnalishlarida oʻtkaziladi. Taʼkidlanishicha, musobaqada, oʻgʻil bolalar oʻrtasida 13 ta davlatdan 86 nafar, qizlar oʻrtasida 12 ta davlatdan 65 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Oʻzbekiston sharafini oʻgʻil bolalar oʻrtasida — Muhammadsolih Rahmatullayev (FIDE reytingi — 2154), qizlar oʻrtasida esa — FIDE sport ustasi Madinabonu Xalilova (2135) himoya qilmoqda.
Ushbu sportchilar Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi Trenerlar kengashi qaroriga asosan saralab olingan.
Maʼlumot uchun: 2024-yilda Filippinning Tagaytay shahrida oʻtkazilgan shu turdagi chempionatda oʻgʻil bolalar oʻrtasida 11 davlatdan 32 nafar, qizlar oʻrtasida esa 11 davlatdan 22 nafar shaxmatchi ishtirok etgan edi.