Unda ishtirok etgan oʻzbekistonlik yosh sportchi Arujan Kamalova bronza medaliga sazovor boʻldi.
Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan Arujan chorak finalda mezbon sportchini magʻlubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda tailandlik sportchiga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa eronlik sportchidan ustun kelib, sovrindorlar qatoridan joy oldi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Ushbu natijasi bilan hamyurtimiz musobaqaning mart oyida Singapurda oʻtadigan navbatdagi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.