Oʻzbekistonlik yoshlar uchun maxsus grant dasturlari yoʻlga qoʻyiladi

    Oʻzbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda – Turkiya bilan hamkorlik kengaymoqda.

    Turkiya Respublikasi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar Bosh boshqarmasi rahbari Abdulloh Eren va Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Saʼdullayev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Oʻzbekiston – Turkiya oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan masalalar muhokama qilingan uchrashuvda asosiy eʼtibor yoshlarga qaratildi. Soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarining rivojlanib borayotgani va ayniqsa yoshlar siyosati sohasida alohida muvaffaqiyatlarga erishilayotgani taʼkidlandi.

    Shuningdek, “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali turk tilini mukammal oʻrgangan yoshlar Turkiya Respublikasiga tajriba almashish uchun yuborilishi rejalashtirildi. 2025-2026 oʻquv yili uchun oʻzbekistonlik yoshlarga maxsus grant dasturlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muhim takliflar ham bildirildi.