Oʻzbekistonlik yuk avtomobil haydovchilari Latviyaga ishga taklif etilmoqda

    Latviyaga “SE” toifaga ega yuk avtomobil haydovchilari ishga taklif etilmoqda. Ish haqi 1100 yevro.

    Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi xabar berdi.

    Nomzodlar 18 yoshdan kichik boʻlmasligi va 55 yoshdan oshmasligi, rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilishi, soha boʻyicha kamida 1-yillik tajribaga ega boʻlishi, sudlanmagan, xorijga chiqish taqiqlanmagan va sogʻlom boʻlishi talab etiladi.

    Ish beruvchi hisobidan esa sugʻurta, hujjatlar va ish ruxsatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazib beriladi.

    Fuqaro hisobidan:

    — Agentlik xizmatlari, oʻqitish va koʻniktirish;

    — viza uchun toʻlov;

    — aviachipta;

    — ovqatlanish;

    — yashash joyi.

    Roʻyxatdan oʻtish