Oʻzbekistonlik yuk mashina haydovchilari Ruminiyaga ishga taklif qilinmoqda

    Ruminiyada fura haydovchisi sifatida ishlash istagida boʻlgan oʻzbekistonlik fuqarolar uchun yangi ish oʻrinlari taklif etilmoqda. Boʻsh ish oʻrinlar soni 30ta. Oylik-maosh 2700 yevrogacha.

    Mehnat shartnomasiga koʻra, ish doimiy hisoblanadi. Oyiga 208 soatlik ish vaqti belgilangan boʻlib, qoʻshimcha ishlangan har bir soat uchun alohida haq toʻlanadi. Haydovchilarga oyiga 2500–2700 yevro miqdorida maosh toʻlanadi.

    Ish beruvchi tomonidan turar joy, tibbiy sugʻurta va mehnat shartnomasi taʼminlanadi. Nomzodlardan quyidagi hujjatlar va talablar soʻraladi:

    • 21 yoshdan 60 yoshgacha boʻlishi;
    • xorijga chiqish pasporti nusxasi;
    • sudlanmaganlik haqida maʼlumotnoma;
    • CE toifali haydovchilik guvohnomasi;
    • kamida 6 oy ish tajribasi;
    • chip va taxo kartalariga ega boʻlish.

    Nomzodlar xorijda ishga joylashish uchun Migratsiya agentligining “Xorijda ish” platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.