Uning aniqlik kiritishicha, Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida vizasiz rejimni joriy etish toʻgʻrisidagi bitim imzolanganidan 30 kun oʻtib 25-sentyabrdan kuchga kiradi. Oʻzbekistonliklar Iordaniyada 30 kungacha vizasiz qolishi mumkin boʻladi.

26-avgust kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning muzokaralari davomida ikki mamlakat oʻrtasida vizasiz rejim joriy qilinishi ishbilarmonlik aloqalari hamda oʻzaro sayyohlar oqimining koʻpayishiga xizmat qilishi taʼkidlangandi.

Ayni paytda Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib joriy etilgan. Bu haqda tegishli bitim 2025-yil 3-fevral kuni Ommon shahrida imzolangandi. Prezidentning 2025-yil 30-iyuldagi qarori bilan Oʻzbekiston hukumati bilan Iordaniya Hoshimiylar podshohligi hukumati oʻrtasida diplomatik pasport egalarining vizasiz safarlari toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlangan.