Oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda eng koʻp qaysi davlatlarga chiqishi maʼlum qilindi

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida qariyb 1,3 mln nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

    Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 365,6 ming nafarga yoki 40,7 % ga oshgan.

    Oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda eng koʻp safar qilgan davlatlar:

    Qirgʻiz Resp. — 559,1 ming nafar;

    Tojikiston — 260,8 ming nafar;

    Qozogʻiston — 184,1 ming nafar;

    Saudiya Arabistoni — 70,6 ming nafar;

    Rossiya — 50,3 ming nafar;

    BAA — 38,5 ming nafar;

    Turkiya — 34,4 ming nafar;

    Quvayt — 13,8 ming nafar;

    Misr — 8,2 ming nafar;

    Tailand — 6,2 ming nafar;

    Boshqalar — 37,1 ming nafar.