“Dunyo“ AAning xabar berishicha, tashrif doirasida Xorvatiya Tashqi ishlar vazirligi shtat kotibi Frano Matushich, Demografiya va migratsiya vazirligi shtat kotibi Jelka Yoshich va Mehnat, pensiya, oila va ijtimoiy siyosat vazirligi davlat kotibi Ivan Vidish, shuningdek, bir qator kompaniyalar rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Muzokaralar chogʻida Xorvatiya tomoni oʻzbekistonlik malakali mutaxassislarni jalb etishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi va mehnat migrantlari uchun taʼlim kurslarini, jumladan, xorvat va xorijiy tillarni oʻqitishni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar Oʻzbekiston fuqarolari uchun mehnat vizalarini olish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda Migratsiya va mobillik masalalari boʻyicha hukumatlararo bitimni birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldilar.