Onlayn platformasi ish izlovchilar orasida oʻtkazgan soʻrov natijalariga koʻra, aholining faqat uchdan bir qismi oʻz maʼlumoti boʻyicha ishlayotganini bildirgan. Qolganlar esa sohasini butunlay oʻzgartirgan yoki diplomdagi bilimlarini faqat qisman qoʻllamoqda.
Tadqiqot asosiy xulosasiga koʻra, Oʻzbekistonda taʼlim bilan mehnat bozori ehtiyojlari oʻrtasida tafovut mavjud.
Soʻrov natijasi quyidagicha:
- 64% respondentda oliy taʼlim yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlim mavjud;
- 78% agar imkon boʻlsa, boshqa mutaxassislikni tanlagan boʻlishini aytgan;
- Faqat 27% odam diplomni karyeraviy muvaffaqiyatning asosiy omili deb biladi – koʻpchilik esa tajriba, moslashuvchanlik va koʻnikmalarga urgʻu beradi;
- 74% ishtirokchi onlayn-taʼlimni qoʻllab-quvvatlaydi, lekin ularning faqat uchdan biri uni universitetga toʻliq muqobil deb hisoblaydi.
“Hh.uz” maʼlumotlariga koʻra, ish beruvchilar hanuzgacha diplomga eʼtibor berishsada, amaliy tajriba, tashabbuskorlik va moslashuv qobiliyatini yanada yuqori baholamoqda.









