Ayni paytda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat fuqarolik xizmatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan xalqaro seminar oʻtkazilmoqda.
Unda ZOOM platformasi orqali ishtirok etayotgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi prorektori Andrey Margolin shunday fikr bildirdi:
“Oʻzbekistonda 2017-yilda Xalq qabulxonalari hamda Virtual qabulxonalarning tashkil etilganligi xalq va davlat fuqarolik xizmatchilari oʻrtasida ijobiy aloqani oʻrnatilganligini alohida aytib oʻtish lozim. Buni men doimo barchaga namuna sifatida koʻrsataman”