Departamentning Toshkent shahri Mirobod tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro P.D. va boshqalar ushlangan. Aniqlanishicha, ular oʻzaro til biriktirib, A.D. va X.N. ismli fuqarolarga Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligiga tegishli yer maydoni hududidan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida ajratilgan 2 gektar yer maydonini 61 000 dollarga sotishga kelishgan. Yer maydoni hujjatlarini tanishlari yordamida nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Andijon viloyatidagi holatda fuqaro N.T. fuqaro A.P.ning yaqin qarindoshiga Asaka tumani “Yoshlar sanoat zonasi” hududidan ajratilgan 5 sotix yer maydonini goʻyoki tuman hokimligida ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib olib berishni vaʼda qilgan. DXX va departament tadbirida xizmati evaziga 20 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.A. fuqaro A.B.ning ishonchiga kirib, unga Yangibozor tumani “Xalqobod” massivida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 6 sotix maydonini goʻyoki kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollari va 17,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.