Xususan, Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha F.Arziyev Oʻzbekiston Afgʻonistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar oʻrtasida Afgʻonistonning yangi hukumatini tuzish boʻyicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor, deb taʼkidladi. Oʻzbekiston mazkur mamlakatda keng vakillikka asoslangan inklyuziv koalitsion hukumatni tuzish asnosida tinchlik oʻrnatilishini qoʻllab-quvvatlashi aytildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Xalqaro hamkorlariga Afgʻonistondan fuqarolarni tranzit yoʻli bilan xavfsiz joyga koʻchirish borasidagi ishlariga yordam bermoqda. Bundan tashqari, tranzit orqali Afgʻonistondan chiqib ketayotgan fuqarolar belgilangan manzilga yetib borishi kafolatlangan. Tranzit yoʻli bilan Oʻzbekistonga kirib kelganlarning hech biri mamlakatimizda qolmaydi.
Afgʻonistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakolatxonalari faoliyati toʻxtatilgani, oʻz navbatida Oʻzbekistonning Kobul va Mazori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyat olib borayotgani aytib oʻtildi.