Koʻplab davlatlar faxriy konsullik institutidan nafaqat fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, balki investitsiyalarni jalb etish, savdo aloqalarini kengaytirish, madaniy-gumanitar salohiyatni yuksaltirish va sayyohlar hajmini oshirish uchun samarali foydalanmoqda.
Bundan tashqari, faxriy konsul koʻplab tashkiliy va protokol masalalarini hal qiladi, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bogʻliq vakillik funksiyalarini bajaradi.
Marosimda Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher Aʼzamxoʻjayev, Antaliya provinsiyasi rahbari oʻrinbosari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillari ishtirok etdi.
Faxriy konsul bilan Oʻzbekistonning iqtisodiy manfaatlarini ragʻbatlantirish, respublikaga Turkiya sarmoyalarini jalb etish, ichki mahsulotlarni Antaliya va Turkiya bozorlariga eksport qilishni ragʻbatlantirish, madaniy-gumanitar va boshqa aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Joriy yil iyun oyi oxirida Antaliya shahrida boʻlib oʻtadigan Anadolu diplomatik forumini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi
Investitsiyalarni jalb etish va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish oʻyicha oʻzaro yaqin hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.