Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi oʻrindoshlik asosida mamlakatimizning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi

    Siyosat 9 Noyabr 2023 1182

    Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Sidiqov oʻrindoshlik asosida mamlakatimizning Kanadadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchisi etib tayinlandi.

    Eslatib oʻtamiz, Furqat Sidiqov may oyida Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida Prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shuningdek, u oktyabr oyida Oʻzbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ishonch yorligʻi nusxasini topshirgan.

    Avval Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Furqat Sidiqov 52 yoshda. U 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “OʻzDeuElektroniks” QK, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ishlagan.

    2002-yildan beri TIV tizimida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Xususan, Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida, Pokistondagi elchi, vazirning oʻrinbosari va birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

    Furqat Sidiqov 2017-2023-yillarda Oʻzbekistonning AQSH, shuningdek, oʻrindoshlik asosida Kanada va Braziliyadagi elchisi boʻlib ishlagan Javlon Vaxobov oʻrniga tayinlangan.