Eslatib oʻtamiz, Furqat Sidiqov may oyida Oʻzbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida Prezident Jo Baydenga  ishonch yorliqlarini  topshirgan edi. Shuningdek, u oktyabr oyida Oʻzbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ishonch yorligʻi nusxasini topshirgan.

Avval Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Furqat Sidiqov  52 yoshda. U 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini  tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “OʻzDeuElektroniks” QK, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ishlagan.

2002-yildan beri TIV tizimida turli  lavozimlarda  faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Xususan,  Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida, Pokistondagi elchi, vazirning oʻrinbosari va birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 

Furqat Sidiqov  2017-2023-yillarda Oʻzbekistonning AQSH, shuningdek, oʻrindoshlik asosida  Kanada va Braziliyadagi elchisi boʻlib ishlagan Javlon Vaxobov oʻrniga tayinlangan.