Unda miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandarning kelishidan boshlab milodiy IV asrda Kushonlar hukmronligining oxirigacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan arxeologik topilmalar haqida hikoya qilinadi.
Ushbu osori atiqalar Berlindagi ikki muzeyda – Jeyms Simon galereyasi va Yangi (Noyes) muzeyida namoyish etilmoqda. Fil`mni suratga olgan ijodiy guruh a'zolari arxeologik tilsimlar haqida so'zlaguvchi bu fil`m nafaqat moziyni yoritishda, balki bugun va ertaning sahifalariga aniqlik kiritishda muhim ahamiyat kasb etishiga umid bildirishmoqda.