Qayd etilishcha, Navoiy viloyatining Nurota tumanida erta tong harorat -1 darajagacha sovidi. Viloyatning bir qator stansiyalarida tuproq sirtidagi harorat ham -3 daraja sovuq haroratgacha pastlagan.
Jizzax viloyatining Forish tumani tog‘ etaklarida suv yuzasi muzlagan.
Tonggi soat 5:00 da Qamchiq dovoni yuqori qismida havo harorati -4 daraja sovuqni ko‘rsatgan.
Xorazm viloyatining ko‘plab stansiyalarida ham tunda havo harorati nol va undan biroz pasaygan, tuproq sirtidagi harorat -2 darajagacha tushgan.
Bu, kuchsizroq ko‘rinishdagi "sovuq urish" hodisasi degani.
"Navoiy viloyatining Nurota, Samarqand viloyatining Qo‘shrobot hamda Jizzaxning Forish tumani 800-900 metrdan yuqori tog‘ etaklarida tok va pomidor ko‘chatlarini sovuq urgan bo‘lishi mumkin", deyiladi xabarda.