Hududlarda yogʼinlar oxirgi 2 soatlikda chaqmoq-momaqaldiroqli xususiyatga ega boʼlmasa-da, oʼta toʼyingan nam havo oqimlaridan joylarda juda koʼp yomgʼirlar sel-suv toshqin hodisalarini keltirib chiqarishga yetarli boʼlmoqda.
Qayd etilishicha, bugun kunduzi yana atmosferada kuchli chaqmoq-momaqaldiroqli bulutlar faollashadi va ulardan kuchli jala yogʼinlar kutiladi.
Eslatib oʼtamiz, bugun kunduz kuni yana atmosferada kuchli chaqmoq-momaqaldiroqli bulutlar faollashishi va ulardan kuchli yogʼinlar kutilayotgani maʼlum qilindi.
"Xususan, 14-mart kuni janubdan kelayotgan issiq havo toʼlqini va nam oqimlar birlashib, atmosferada kuchli jala yogʼinlar bilan bogʼliq faollikni bugungidan kuchliroq boʼlishiga olib kelishi kutilmoqda. Аyniqsa, Qashqadaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida sel-suv toshqin bilan bogʼliq hodisalar yana kuzatilishi mumkin", – deyiladi xabarda.