Oʻzbekistonning BAA va Qatarga qarshi oʻyinlariga hakamlar tayinlandi

    Sport 13 May 2025 1066

    Oʻzbekiston milliy jamoasi iyun oyida 2026-yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida BAA va Qatar terma jamoalariga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

    Qayd etilishicha, BAA – Oʻzbekiston uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VARda esa Aleksandr King ishlaydi.

    Shuningdek, Oʻzbekiston – Qatar uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Jou Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Jin Jingyuan, VARda esa Fu Ming faoliyat olib boradi.