“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Pokiston Islom Respublikasining «AKD Group» investitsion kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki tomonlama savdo aloqalarini rivojlantirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha soʻz yuritildi.
Dastlab yigʻilganlarga “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi oʻrinbosari Baxtiyor Boboqulov mamlakatimizdagi qurilish materiallari sanoatining bugungi rivojlanish istiqbollari, yangi turdagi qurilish materiallari, eksport koʻlami, mavjud quvvatlar haqida toʻliq maʼlumot berib oʻtdi. Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari oʻrtasida aloqalarni yana-da rivojlantirish, mavjud imkoniyatlar xususida taʼkidlandi.
Pokiston delegatsiyasi vakillari Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoatiga yuksak baho berarkan, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan bazalt armatura kabi qurilish materiallarini eksport qilish boʻyicha hamkorlikda faoliyat olib borish taklifini bildirishdi.
Tadbir davomida Pokiston Islom Respublikasining «AKD Group» investitsion kompaniyasi bilan kelgusida oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borish yuzasidan kelishib olindi.