Kipr Respublikasi yetakchisi xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimidagi nutqida yangi elchilarni samimiy qutlab, ularga oʻz vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi, shuningdek, ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda munosib hissa qoʻshishiga umid bildirdi.
Kipr Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston bilan munosabatlar istiqbollariga alohida toʻxtaldi. «Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama, shuningdek Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratamiz« – dedi Prezident Nikos Xristodulidis.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Kipr oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1997-yil 30-mayda oʻrnatilgan.
Abat Fayzullayev Kiprga tayinlangan Oʻzbekistonning birinchi elchisi boʻldi. U 2023-yil oktyabr oyida Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi.