Tadbir mamlakatimiz elchixonasi koʻmagida oʻtkazildi. Taqdimot doirasida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati, mamlakatimiz hududida 7 mingdan ziyod qadimiy va oʻrta asr meʼmorchiligi yodgorliklari, YUNESKOning Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan shahar va obyektlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, soʻnggi yillarda dam olish, sport, ziyorat, sogʻlomlashtirish va turizmning boshqa turlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
Taqdimotda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi (Samarqand), yetti pir qadamjolari (Buxoro) va boshqa muqaddas goʻshalari musulmon mamlakatlari, shu jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan kelgan ziyoratchilar oʻrtasida mashhur ekanligi taʼkidlandi.
Tadbirda Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi 2023-yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtishi maʼlum qilindi. Hozirgi kunda Samarqandni dunyoning yetakchi sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilayotgani haqida soʻzlab berildi.
Anjuman yakunida may oyining birinchi oʻn kunligida turizm sohasini yorituvchi blogerlar koʻmagida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan navbatdagi taqdimotni kengroq auditoriya uchun oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekistonni Ozarbayjon jamoatchiligi orasida keng targʻib qilish uchun turli viktorinalar va tanlovlar oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.