“Dunyo“ AAʼning xabar berishicha, rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan muloqot chogʻida Islandiya Prezidenti Xalla Tomasdottir ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor Oʻzbekiston elchisining ushbu mamlakatga tayinlanishi, hech shubhasiz, oxirgi yillarda Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosatning natijasi ekanligini taʼkidladi.
Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston va Islandiya oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida Islandiya Prezidenti Xalla Tomasdottir Oʻzbekiston rahbariyati va xalqiga farovonlik hamda bardavom taraqqiyot, Oʻzbekiston elchisining ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va kengaytirish yoʻlidagi ishlariga esa muvaffaqiyatlar tiladi.