Mamlakatimiz 2020-yilda O'simliklar karantini va himoyasi bo'yicha Xalqaro konvensiyaning (IPPC) 184-a'zosiga aylangan. 2022-yil iyun oyida USAID texnik ko'magida ushbu Konvensiya talablari asosida O'zbekistonning fitosanitariya salohiyatini baholash (PCE) boshladi.
PCE IPPC bitimi a'zolari tomonidan fitosanitariya tizimini rivojlantirish bo'yicha vaqt o'tishi bilan erishilgan yutuqlarni baholash va kelgusida donorlar bilan fitosanitariya salohiyatini oshirish yoki mustahkamlashda hamkorlik qilishda foydalaniladi. PCE USAID loyihasi tomonidan jalb etilgan xalqaro maslahatchi ishtirokida o'tkaziladi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Mavzu yuzasidan Toshkent shahrida bo'lib o'tgan ilk PCE seminarida O'simliklar karantini va himoyasi agentligi xodimlari hamda Qishloq xo'jaligi vazirligi va bojxona, veterinariya, sanitariya xizmatlari kabi manfaatdor tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etishdi. Jarayonda PCE so'rovnomalari ham o'tkazildi.