Kecha Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston poytaxtiga keldi.
Diplomat 45 yoshda. Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, London universitetining (Buyuk Britaniya) Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabi, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan. Siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega.
Tashqi ishlar vazirligi tizimida 2000-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. U markaziy apparatda attashedan tortib boʻlim boshligʻigacha boʻlgan turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi va Shanxay hamkorlik tashkiloti (Pekin sh., Xitoy) kotibiyatida ishlagan. 2018-2023-yillarda mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan.
Sardor Rustamboyev 2020–2023-yillarda Dehlidagi Elchixonaga rahbarlik qilgan va 2023-yil sentyabr oyida Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlangan Dilshod Ahatov oʻrniga tayinlandi.