AKT vazirligi axborot xizmati xabar qilishicha, bir yil ichida Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha 1,5 barobarga (51,8 foizga) oʻsgan, yaʼni 25,82 Mbit/s.dan (2020-yil aprel holatiga koʻra) 39,2 Mbit/s.gacha (2021-yil aprel holatiga koʻra). Soʻnggi uch yil ichida esa, Oʻzbekistonda simli internet tezligi uch barobarga oʻsdi.

Mobil internet tezligi boʻyicha ham ijobiy koʻrsatkichlar qayd etildi, yaʼni joriy yil aprel oyi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston yana toʻrtta pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mobil internet tezligi 9,68 Mbit/s.dan (2020-yil aprel holatiga koʻra) 17,28 Mbit/s.gacha oʻsdi (2021-yil aprel holatiga koʻra). Bir yil ichida ushbu koʻrsatkich 78,5 foizga koʻtarilgan.