Komponentlar darajasida quyidagi oʻzgarishlar boʻlgan.

2021-yilning dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan 8,5 foizga oshib, 1085 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:

  • xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 13,6 foizga oshgan;
  • faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha komponent 0,7 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 8,6 foizga oshgan;
  • tovar belgilari boʻyicha komponent 5,9 foizga oshgan.

Hududlar kesimida Jizzax viloyatida yana bir marta eng yuqori oʻsish surʼati qayd etilgan.

2021-yil dekabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi barcha hududlarda oʻtgan oyga (2021-yil noyabr) nisbatan oʻsish kuzatilgan. Jizzax (72,0%), Sirdaryo (51,3%), Xorazm (50,6%), Surxondaryo (46,6%) va Qashqadaryo (46,1%) viloyatlarida sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (2-rasm).

BANK HISOB VARAQALARI BOʻYICHA OPERATSIYALAR

2021-yil dekabr oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 5 875,8 ming tani tashkil etdi va 2021-yilning noyabr oyiga nisbatan 705,1 ming tranzaksiyaga (13,6%) oshgan.

Banklararo toʻlov operatsiyalari soni barcha hududlarda oshgan.

2021-yil dekabrda respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi oʻsish Andijon (25,5%), Jizzax (21,7%), Qashqadaryo (20,1%), Samarqand (19,1%) va Surxondaryo (19,0%) viloyatlarida kuzatilgan.

TOVAR-XOM ASHYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2021-yilning dekabr oyida IFIning birja komponenti 1,0859 birlikni tashkil etdi. Bu esa ushbu komponentning oʻtgan oyga nisbatan 8,6 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining (17,5%) oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2021-yil dekabr oyida 6 668,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 13,5 foizga oshgan.

XOʻJALIK YURITUVCHI SUBʼEKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent 2021-yil dekabr oyida 1,0065 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 0,7 foizga oshganligini koʻrsatadi. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ijobiy oʻzgarib, 8,5 foizga oshgan.

2021-yil dekabr oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni 2021-yilning noyabr oyiga (569 275 birlik) nisbatan 4 236 taga koʻpayib, 573 511 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi korxonalar soni 16 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 458 538 tadan 462 834 tagacha oshgan (oʻsish 4 296 ta). Fermer xoʻjaliklari soni 107 698 tadan 107 622 tagacha (kamayish 76 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subyektlar soni 3 055 tani tashkil etib, 2021-yilning noyabr oyiga nisbatan 16 taga oshgan.

BRENDLARNI ROʻYXATGA OLISH

2021-yil dekabr oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 1,0590 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning noyabr oyiga nisbatan 5,9 foizga oshgan. Joriy yilning dekabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 359 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.

Oʻzbekiston Respublikasi va mintaqalar boʻyicha IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi

Mintaqalar

 

IFI

Hisoblar boʻyicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi subyektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

Oʻzbekiston Respublikasi

1085

1,1365

1,0859

1,0065

1,0590

Jizzax viloyati

1720

1,2166

2,0000

1,0184

9,0000

Sirdaryo viloyati

1513

1,1542

2,0000

0,9960

3,0000

Xorazm viloyati

1506

1,1211

2,0000

1,0170

3,0000

Surxondaryo viloyati

1466

1,1896

2,0000

0,9988

1,0000

Qashqadaryo viloyati

1461

1,2010

2,0000

1,0018

0,6667

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1441

1,1107

2,0000

1,0106

1,0000

Buxoro viloyati

1440

1,0978

2,0000

1,0005

1,1818

Andijon viloyati

1375

1,2552

1,6239

1,0107

2,1111

Namangan viloyati

1278

1,0931

1,6163

1,0152

0,8571

Samarqand viloyati

1261

1,1913

1,4992

1,0062

0,7692

Toshkent viloyati

1218

1,0757

1,4357

1,0040

1,5556

Fargʻona viloyati

1152

1,1404

1,2801

1,0041

0,6538

Navoiy viloyati

1149

1,1169

1,3254

1,0048

0,2308

Toshkent shahri

1105

1,1262

1,1490

1,0062

1,0087

Oʻzbekiston Respublikasi va mintaqalar boʻyicha IFI komponentlarining oʻtgan yilning mos oyiga nisbatan oʻzgarishi

Mintaqalar

 

 

IFI

Hisoblar boʻyicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi subyektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

Oʻzbekiston Respublikasi

1396

1,2124

1,5951

1,0848

3,1491

Jizzax viloyati

1924

0,9968

2,0000

1,0698

18,0000

Buxoro viloyati

1760

0,9851

2,0000

1,0234

13,0000

Toshkent shahri

1710

1,4745

1,8978

1,6232

2,5778

Andijon viloyati

1654

0,9125

1,3369

1,0443

19,0000

Fargʻona viloyati

1606

0,9360

1,3405

1,0566

17,0000

Toshkent viloyati

1425

0,8461

2,0000

1,0713

3,1111

Sirdaryo viloyati

1394

0,8019

2,0000

1,0162

3,0000

Qashqadaryo viloyati

1356

0,9407

1,6350

1,1486

4,0000

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1331

0,9910

1,7503

1,0186

2,0000

Namangan viloyati

1263

0,9135

1,5424

1,0757

3,0000

Surxondaryo viloyati

1236

0,9431

1,6076

1,0589

1,0000

Navoiy viloyati

1204

0,8274

1,4753

1,0646

3,0000

Xorazm viloyati

1093

0,8956

1,1103

1,1137

3,0000

Samarqand viloyati

1009

0,9649

0,9664

1,0980

1,4286

Ruslan Abdullayev,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi