Mazkur Savdo uyi huzurida koʻrgazma zali sifatida doimiy faoliyat yurituvchi “shou-rum” ochish ham rejalashtirilgan. Unda mahalliy ishlab chiqaruvchilarining turli tovarlarining keng assortimenti – oziq-ovqat, meva-sabzavot, toʻqimachilik-tekstil, ipak, kimyo, kulolchilik mahsulotlari hamda zargarlik buyumlari namoyish etiladi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish hamda faollashtirishga koʻmaklashish, yurtimizning eksport salohiyati va imkoniyatlarini qoʻllab quvvatlash, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, shu jumladan, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni Janubiy Koreya bozorida targʻib qilish va ilgari surish hamda reklama kompaniyalarini tashkil etish Savdo uyining asosiy vazifalari qatoriga kiradi.
Shuningdek, mahalliy mahsulotlarimizni Janubiy Koreya bozoriga eksport qilish, bozor imkoniyatlarini oʻrgangan holda eksport hajmi va doirasini kengaytirib borish, ushbu davlatda oʻtkaziladigan turli koʻrgazmalarda oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etish istagida boʻlgan tadbirkorlarga koʻmak koʻrsatish nazarda tutilmoqda.