2020-yilda Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdosining umumiy hajmi 1,38 mlrd. dollarni yoki tashqi savdo umumiy hajmining 3,8% ni tashkil etdi. Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksportining oʻsishi 21% ni tashkil etdi. Import 23% ga oshdi.

Afgʻoniston bilan savdo aylanmasida asosiy ulushni (99,7%) Oʻzbekiston eksporti egallaydi, bu esa Afgʻonistonni foydali savdo-iqtisodiy hamkor qilib qoʻyadi. Oʻzbekistonning Afgʻonistonga eksportidagi asosiy ulushi elektr energiyasi (eksport hajmining 30%), bugʻdoy uni va dukkakli ekinlar (24,1%), shuningdek, metallurgiya mahsulotlaridir.

Hindiston Oʻzbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi. Shu bilan birga, Hindiston bilan oʻzaro savdoda Oʻzbekiston eksportining hajmi asosan Oʻzbekistonda xaridorgir farmatsevtika mahsulotlari bilan ifodalanadigan importdan sezilarli darajada ortda qolmoqda.

Oʻzbekistonning Hindistonga eksporti asosan toʻqimachilik mahsulotlari (ulushi 13,6%), qimmatbaho metallar (8,4%), oziq-ovqat mahsulotlari (5,8%) va boshqalardan iborat.

Oʻzbekistonning Hindistondan “farmatsevtika mahsulotlari” xaridlarining importdagi ulushi 47% oʻsishi hisobiga oshib bormoqda, 28,6% ulushi bilan ikkinchi oʻrinni “mexanik uskunalar” egallaydi.

Shu bilan birga, Hindiston bilan farmatsevtika sohasida sarmoyaviy hamkorlik muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, “Andijon-Farm” EIZ hududida qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Hindistonning Toshkentdagi “Amiti” va Andijondagi “Sharda” universitetlarining IT-mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha filiallari ochildi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida “imtiyozli savdo bitimi” tuzish texnik-iqtisodiy asoslari oʻrganilmoqda.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik faol rivojlanmoqda, Pokiston bozoriga tayyor, asosan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni eksport qilish hajmi oshdi.

Oʻzbekistonning Pokistonga eksporti tarkibida: oziq-ovqat mahsulotlari 81% ni; toʻqimachilik mahsulotlari-10,5% ni; xizmatlar-3,5% ni tashkil etadi.

Pokistondan import tarkibida: farmatsevtika mahsulotlari 37% ni tashkil etadi; oziq-ovqat mahsulotlari (kartoshka, sitrus mevalar, guruch va boshqalar.) – 36%, transport xizmatlari – 10%; - kimyoviy mahsulotlar-4,5%.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Pokiston bilan transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va “Mozori – Sharif – Qobul – Peshavar” temir yoʻl liniyasini qurish boʻyicha yuqorida qayd etilgan loyihani birgalikda amalga oshirishdan manfaatdor.