Hozirda Oʻzbekiston Respublikasining Kiyevdagi elchixonasi tomonidan evakuatsiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar roʻyxati ishlab chiqilmoqda. Ukraina havo hududining yopilishini inobatga olgan holda joʻnab ketish yoʻnalishlari va joʻnab ketish joyi ishlab chiqilmoqda.
Maqbul evakuatsiya yoʻnalishlari boʻyicha masalalar uchinchi davlatlarning manfaatdor xizmatlari bilan kelishilgan sari, Oʻzbekiston fuqarolari Elchixonaning www.uzbekistan.org.ua sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida qoʻshimcha ravishda xabardor qilinadi.
Ukrainadan chiqib ketishni xohlovchi Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari pasport maʼlumotlarini Elchixonaning embassy@uzbekistan.org.ua elektron manziliga yuborishlari soʻraladi.
Ukrainada boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan tinchlik saqlashlarini va qoʻshimcha savollar tugʻilganda Elchixona bilan aloqada boʻlishlarini soʻraymiz», deyiladi murojaatda.