"Hurmatli vatandoshlar!
Xabaringiz bor 3-dekabr kuni Janubiy Koreyada harbiy holat eʼlon qilindi.
Bugungi kunda mamlakatda yuzaga kelayotgan ichki siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, barchangizdan Janubiy Koreyada turli xil mitinglar va namoyishlarda ishtirok etmaslikka, odamlar gavjum joylarga bormaslikka, oʻzingizning shaxsiy xavfsizligingiz va sogʻligingizni ehtiyot qilishga chaqirib qolamiz", deyiladi xabarda.
Zarurat boʻlgan holatda quyidagi telefon raqamga murojaat qilishingiz soʻraldi:
+82 10 3213 4505
+82 10 2909 4334