Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Marosim Livan prezident saroyida boʻlib oʻtdi. Jozef Aun Oʻzbekiston prezidentiga samimiy minnatdorlik va tabriklarini izhor etib, elchi tayinlanishi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim qadam ekanini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, Abdusalom Xatamov oʻtgan yil 4-fevralda Oʻzbekiston elchisi sifatida Omon poytaxti Maskatga yetib kelgan va mart oyida Omon sultoni Haysam ben Toriq Al Saidga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.