баннер
26 Apr 2025
01:00

    Oʻzbekistonning migratsiya strategiyasini ishlab chiqishning birinchi bosqichi yakunlari muhokama etildi

    Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilotning (IOM) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekistonning migratsiya strategiyasi loyihasini ishlab chiqishga bagʻishlandi.

    Unda senatorlar, vazirlik va idoralar vakillari, Senat huzuridagi ishchi guruh aʼzolari, xalqaro tashkilot vakillari, milliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etdilar.

    Tadbirda Strategiyani ishlab chiqishning birinchi bosqichi yakunlari boʻyicha taqdimot boʻlib oʻtdi hamda Strategiyani amalga oshirish boʻyicha masalalar ishtirokchilar tomonidan muhokama etildi va fikr almashildi.

    Ishchi guruh aʼzolari muhokama davomida olingan taklif va tavsiyalar Oʻzbekistonning migratsiya strategiyasi loyihasini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech