Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Janubiy Osetiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va Italiyaning eng yaxshi motokrosschilari 65 kub.sm, 85 kub.sm, 125 kub.sm (ayollar, yoshlar), “MX1”, “MX2” va “MX Open” sinflarida bellashdilar.
Aytish mumkinki, ushbu nufuzli musobaqani ikki kun davomida butun dunyo bo‘ylab ekstremal sport muxlislari katta qiziqish va hayajon bilan kuzatdilar.
Quvonarlisi, xalqaro kubok musobaqasida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sportchilaridan iborat O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari – Emran Ablyazov 125 kub.sm (“MX2”), Jasur Samatov 250 kub.sm (“MX1”) va Konstantin Sichyov “MX Open” sinflarida qatnashib, umumjamoa hisobida faxrli uchinchi o‘rinni egalladilar.
Birinchi o‘rin Rossiya, ikkinchi o‘rin esa Qozog‘iston terma jamoalariga nasib etdi.
G‘oliblar va sovrindorlar tashkilotchilarning belgilangan pul mukofotlari, medallari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi
“Vatanparvar” tashkiloti Matbuot xizmati