Ushbu nufuzli nashr tomonidan chop etilgan maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida ish oʻrinlarini saqlab qolish va Oʻzbekiston mehnat bozoriga koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan amalga oshirilgan keng miqyosdagi ishlar xususida soʻz yuritiladi.
Jurnalda Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanovning soʻzlari keltirilar ekan, unda mazkur jumlaga alohida urgʻu beriladi:
“Aholini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlar hamda Oʻzbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan inqirozga qarshi kurashish dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida 8 oy ichida 826 ming nafar kishi doimiy ish oʻrniga va daromad manbaiga ega boʻlishga imkon yaratildi”.
Shuningdek, “BUSINESS & DIPLOMACY” jurnalining ushbu maqolasida xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya tizimi shakllanishining asl mohiyati, maqsadi va mexanizmlari ochib berilgan. Bu borada mamlakatimizda qanday ishlar olib borilganligi va qanday natijalarga erishilganligi boʻyicha Vazirning birinchi oʻrinbosari E.Muxitdinov nemis jurnalistlarga batafsil maʼlumot berdi.