Oʻzbekistonning paxtachilik tajribasi Qozogʻistonda qiziqish uygʻotdi

    Agrosektor 16 Mart 2023 1660

    Oʻzbekistonning paxtachilik va issiqxonalarni rivojlantirish tajribasi Qozogʻistonda qiziqish uygʻotdi.

    Bu haqda AgroWorld Uzbekistan xalqaro koʻrgazmasi doirasida QR Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Abulxair Tamabek qozogʻistonlik jurnalistlarga bergan intervyusida maʼlum qildi, deb xabar beradi Kazinform.

    Vazir oʻrinbosarining taʼkidlashicha, Qozogʻiston kompaniyalarining qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi ishida ishtirok etishidan asosiy maqsad tadbirda keng namoyish etilayotgan yangi yoʻnalishlar, texnologiyalar va uskunalar bilan yaqindan tanishishdir.

    – Oʻzbekiston bilan paxtachilik sohasida hamkorlik qilish, jumladan, paxtaning yangi navlarini tanlash boʻyicha hamkorlikda ish olib borish istiqbolli yoʻnalishlardan biridir. Bundan tashqari, issiqxonalarning qariyb 80 foizi Oʻzbekiston bilan chegaradosh va iqlim sharoiti bir xil boʻlgan Sariagʻash viloyatida joylashganini inobatga olib, issiqxonalarni rivojlantirish boʻyicha tajriba almashishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirganmiz, – dedi vazir oʻrinbosari.

    15-17-mart kunlari “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazmalar majmuasida AgroWorld Uzbekistan XVIII xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtyapti. Koʻrgazmada Avstriya, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Iordaniya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozogʻiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Polsha, Rossiya, Serbiya, Sloveniya, Turkiya, Oʻzbekiston kabi 20 mamlakatdan 172 kompaniya va brendlar ishtirok etyapti.