Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilda tugʻilishda kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi.

Tugʻilishda kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi hududlar boʻyicha quyidagicha:

  • Toshkent shahri – 76,8 yosh
  • Fargʻona viloyati – 76,6 yosh
  • Buxoro viloyati – 76,3 yosh
  • Jizzax viloyati – 76 yosh
  • Navoiy viloyati – 75,8 yosh
  • Toshkent viloyati – 75,1 yosh
  • Samarqand viloyati – 74,8 yosh
  • Namangan viloyati – 74,6 yosh
  • Xorazm viloyati – 74,6 yosh
  • Qashqadaryo viloyati – 74,4 yosh
  • Surxondaryo viloyati – 74 yosh
  • Andijon viloyati – 73,7 yosh
  • Qoraqalpogʻiston Resp. – 73 yosh
  • Sirdaryo viloyati – 72,2 yosh