Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi joriy yilning 6 yilu 8 oyi davomida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tashqi savdo aloqalarini tahlil qildi.
2022-yilda Oʻzbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 23,6 foizga oʻsib, 9,3 milliard dollarni tashkil etdi. Eksport esa sezilarli darajada - 48,4 foizga oʻsib, 3,1 milliard dollarni, import 14,1 foizga oʻsib, 6,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Soʻnggi 6 yilda Oʻzbekistonning Rossiya bilan savdo aylanmasi qariyb 2 barobar, 2017-yildagi 4,73 milliard dollardan 2022-yilda 9,3 milliard dollarga, eksport 1,5 barobarga, yaʼni 2 milliard dollardan 3,1 milliard dollarga, import esa 2,3 barobarga oshib, 2,7 milliard dollardan 6,2 milliard dollarga oʻsdi.
2023-yilning yanvar-avgust oylarida Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 6,2 milliard dollarni, bunda eksport ulushi 2 milliard, import esa 4,2 milliardni tashkil etdi.
Shu davrda Oʻzbekistonning savdo sheriklari boʻlgan mamlakatlar orasida tovar ayirboshlash hajmi boʻyicha Rossiya 15,4 foiz (Xitoy birinchi oʻrinda - 20,7) ulushi bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Ammo shu bilan birga, Rossiya 12 foiz ulush bilan Oʻzbekiston eksportining umumiy hajmida birinchi oʻrinni egalladi (eksportdagi Xitoy ulushi -10,6 foiz).