O'zbekistonning sarhil meva-sabzavotlari uchun tashqi savdoda yangi bozorlar ochilmoqda!

    Investitsiyalar 5 Iyun 2020 2109

    O'simliklar karantini davlat inspektsiyasi doimiy ravishda tashqi bozorlarga chiqish orqali O'zbekiston qishloq xo'jaligi mahsulotlarining eksport geografiyasini kengaytirishga ko'maklashmoqda.

    So'nggi ikki yil ichida Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston, YAponiya, Misr kabi mamlakatlarga 78 turdagi meva va sabzavotlar uchun karantin ruxsatnomasi olindi.

    COVID - 19 pandemiyasiga qaramay, bugungi kunda inspektsiya tomonidan:

    Tailand va Indoneziyaga – gilos;

    AQSHga – uzum va qovun;

    Misrga – anor, olma va olxo'ri;

    Hindistonga – anor va olma;

    Koreya Respublikasiga – uzum;

    Xitoyga – nektarin, olxo'ri va o'rik

    M`yanma va Gana mamlakatlariga 12 ta mahsulot (gilos, anor, qovun, uzum, limon, o'rik, olxo'ri, nektarin, xurmo, olma, o'tkir qalampir, loviya) eksport qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomasi olindi.

    SHuningdek, quritilgan achchiq qalampir va limonni Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilishga ruxsat berish to'g'risidagi protokollar imzolanish bosqichida. Hindistonga uzum eksporti uchun ham ruxsat olinishi kutilmoqda.

    Bundan tashqari, qator muzokaralar natijasiga ko'ra, inspektsiya tomonidan Xitoy uchun gilos qadoqlash korxonalari soni 11 taga, Koreya Respublikasi uchun 6 taga oshirildi.

    Rossiya Federatsiyasiga sarhil meva va sabzavotlarni eksport qilishda o'zbekistonlik eksport qiluvchilarga yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zdavkarantin inspektsiyasi tomonidan fitosanitariya nazorati soddalashtirilgan xolda nazorat punktlari ro'yxati 22 taga ko'paytirildi.

    O'zdavkarantin inspektsiyasi

    Axborot xizmati