O‘zbekistonning sut mahsulotlari sanoatida Ukraina standartlari joriy etiladi

    Mamlakatimizning Kiyevdagi elchixonasida Ukraina oziq-ovqat xavfsizligi va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish davlat xizmati raisining o‘rinbosari Olga Shevchenko bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasidagi O‘zbekiston-Ukraina hamkorligining bugungi holati va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

    Xususan, sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston aholisini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash va boshqa sohalardagi hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.