Unda vakillarimiz tomonidan O‘zbekistonda xalq ta’limi sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, 5 yillik xalq ta’limini rivojlantirish va o‘quv dasturi, yangi avlod darsliklarining yaratilishi, kadrlarni tayyorlash, malaka oshirish tizimidagi o‘zgarishlar haqida batafsil taqdimot qilindi.
Ushbu taqdimot tashkilotning a’zo davlatlar vakillari tomonidan e’tirof etilib, katta qiziqish bilan kutib olindi. Bundan tashqari tadbir davomida boshqa davlatlarning ham ta’lim tizimidagi taqdimotlari namoyish etilib, ta’limdagi islohotlarning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar tashkilotining kotibiyati (bosh ofisi)da bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdilar. Shu yerda kotibiyat vakillari tashkilotga a’zo mamlakatlarning o‘zaro hamkorligi hamda kelgusidagi rejalari haqida ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida Kotibiyat tomonidan 1-O‘qituvchilar almashinuvi dasturi ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.