O'zbekistonning tashqi qarzi qancha?

    Moliya 23 Noyabr 2020 12169

    Markaziy bank mutasaddilari ishtirokida AOKAda o'tayotgan matbuot anjumanida MB departament direktori o'rinbosari Otabek Tojiddinov ushbu savolga izoh berdi:

    «Joriy yilning birinchi yarim yilligiga, ya'ni 1 iyul` holatiga ko'ra, O'zbekistonning jami tashqi qarzi 27,6 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bunda:

    10,1 mlrd dollar — xususiy sektor hissasiga,

    17,5 mlrd dollar — davlat sektori hissasiga to'g'ri kelmoqda.

    Infografika: tashqi qarzning tarkibiy bo'linmalari va kesimlari.