Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 10 oyda 51 mlrd AQSH dollariga yetdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 51 mlrd AQSH dollariga yetgan. Tashqi savdo aylanmasi hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 10,3 mlrd AQSH dollariga yoki 25,2 % ga oshgan.

Eksport – 20,5 mlrd (29,1 % ga oshgan)

Import – 30,5 mlrd (22,7 % ga oshgan)