Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 3,7 mlrd AQSh dollariga yoki 8,1 foizga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmida:
Eksport — 19,9 mlrd AQSh dollari (-3,6 %);
Import — 29,6 mlrd AQSh dollari (+17,8 %).
Oltinni hisobga olmaganda, tovarlar eksporti 9,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 27,7 foizga o‘sdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston jahonning 200 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (22,7 foiz), Rossiya Federatsiyasi (16,4 foiz), Qozog‘iston (6,6 foiz), Turkiya (3,3 foiz) va Afg‘oniston (2,5 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.