Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axborot berdi.

Diplomatik vakolatxonaning elektron resursi (http://www.uzbekistan.org.ua/) hech qanday xakerlik hujumiga uchramagan va odatiy tartibda faoliyat koʻrsatmoqda. Axborot makonida tarqalgan Elchixonaning buzib kirilgan sayti skrinshoti soxta ekanligi aniqlandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari, jumladan xorijiy nashrlardan yolgʻon maʼlumotlarni chop etmasliklarini, materiallarni koʻchirib tarqatishda ularning togʻriligiga ishonch hosil qilishingizni soʻraymiz.