Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2018-2020-yillardagi faoliyati natijalari va kelgusidagi rejalari haqida soʻz yuritilmoqda.
I.Abdurahmonov Isroil kompaniyasi bilan hamkorlikda shahar magistral tizimlarini taʼmirlash ishlari boʻyicha texnologiyani transfer qilib Oʻzbekistonda joriy etish boʻyicha loyiha amalga oshirilayotgani haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Faol hamkorlik ishlari olib borilayotgan davlatlar sifatida 🇨🇳Xitoy Xalq Respublikasi, 🇷🇺Rossiya Federatsiyasi, 🇮🇳Hindiston va 🇧🇾Belarus eʼtirof etildi. Xususan, pandemiya davrida COVID-19 ga qarshi kurash boʻyicha “Anhui ZhifeiLongcom“ kompaniyasining COVID-19ga qarshi vaksinasining III-bosqich klinik sinovlari oʻtkazilmoqda.
Yaqin perspektivada Hindiston bilan koronavirusga qarshi vaksina boʻyicha ishlar amalga oshirilishi taʼkidlab oʻtildi. Undan tashqari “Routern.com” kompaniyasi bilan hamkorlikda Sunʼiy intellektni rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni transfer qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Rossiya Federatsiyasi bilan qoʻshma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda.
Belarusga yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir davom etmoqda.