U shu kunga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 59 yoshda. Buxoro viloyati Kumushkent qishlogʻida tugʻilgan.
Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) geografiya fakultetini tamomlagan. Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. 1995-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, markaziy apparatda, Oʻzbekistonning NATOdagi missiyasi va Bryusseldagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.
Birinchi darajali maslahatchi diplomatik martabasiga ega.