Oʻzbekistonning Yaponiyadagi xalqaro turistik koʻrgazmalarda ishtiroki masalalari muhokama etildi

    Turizm 29 Sentabr 2024 765

    Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev Yaponiya yuqori palatasi deputati, Vazirlar Mahkamasi aʼzosi, koʻrgazmalar boʻyicha maxsus vazir Jimi Xanako bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda Oʻzbekistonning Yaponiyada oʻtkaziladigan xalqaro sayyohlik koʻrgazmalari, xususan, 2025-yilda boʻlib oʻtadigan “JATA Tourism Expo” koʻrgazmasida ishtirok etishi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan navbatdagi “TITF-2024 Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi”da Yaponiya tomoni vakillarining keng ishtiroki masalalari ham muhokama etildi.

    J.Xanako Oʻzbekistonga tashrifi haqida iliq soʻzlab, mamlakatimiz xorijlik, xususan, yaponiyalik mehmonlar uchun juda jozibali ekanini alohida taʼkidladi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.