Tayinlov shu yilning 5-mart kuni amalga oshirilgan. Lekin Madaniyat vazirligi bu haqida rasman xabar bermadi.
Yangi rahbar haqidagi maʼlumotlar madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning ijro intizomiga oid oʻtkazgan yigʻilishi haqidagi press-reliz vazirlik saytiga joylashtirilgan va u yerda Odiljon Abduqahhorovning surati va faoliyati borasida topshiriqlar berilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud, xolos.
Eslatib oʻtamiz, u 2017—2020-yillarda ham “Oʻzbekkonsert”ga rahbarlik qilgan edi. Abduqahhorov Hozirga qadar Madaniyat vazirligi huzuridagi xalqaro festivallar direksiyasi rahbari edi.